Aqlli xarid. Oson tejash.

Save.uz — shahringizdagi barcha chegirmalar va eng yaxshi narxlar endi sizning cho'ntagingizda.

Loyihamiz haqida

Loyihamiz haqida

Bizning hikoyamiz: Hammasi oddiy savoldan boshlangan

"Shu narsani boshqa joyda arzonroq topsam bo'larmidi?"

  • Save.uz jamoasi ham xuddi siz kabi oddiy xaridorlar. Biz ham do'konma-do'kon yurib, eng yaxshi narxni qidirib vaqt yo'qotishdan charchadik.
  • Biz ham "chang bosib yotgan" aksiyalar haqida kech eshitib, afsuslandik.
  • Shuning uchun biz oddiy, ammo kuchli bir yechim yaratishga qaror qildik.

Maqsadimiz — O'zbekistondagi har bir inson uchun xarid qilish jarayonini stressdan xalos qilib, uni shaffof, qulay va maksimal darajada foydali qilish.

Biz shunchaki kod yozmaymiz, biz o'zimiz va siz uchun har kuni duch keladigan muammoni hal qilyapmiz.

Do'konlar

Foydalanuvchilar

Xodimlar soni

Afzalliklar

Afzalliklar

Biz har bir detalni sizning qulayligingiz va tejamkorligingiz uchun o'ylab chiqdik.

Eng arzonini toping

Endi do'konma-do'kon yurish shart emas. Biz minglab mahsulotlar orasidan siz uchun eng arzon narxni bir zumda topib beramiz.

Eng yaqinini xaritadan ko'ring

Qayerda chegirma borligini bilmayapsizmi? Shunchaki xaritani oching va atrofingizdagi eng qulay takliflarni narxlari bilan birga ko'ring.

Taqqoslang va oqilona tanlang

Bir xil mahsulotni turli do'konlarda solishtiring va har doim eng to'g'ri qarorni qabul qiling. Endi ortiqcha to'lov yo'q!

Foydalanuvchilar fikri

Foydalanuvchilar fikri

Foydalanuvchilarimiz va hamkorlarimiz biz haqimizda nima deyishadi.

Talaba uchun har bir so'm muhim. Ilgari qaysi do'konda nima arzonligini bilish uchun o'rtoqlarimdan so'rab yurardim. Save.uz bilan esa hamma chegirmalar kaftimda. Ayniqsa, mahsulotlarni solishtirish funksiyasi juda zo'r — bir oyda ancha pulim tejaladigan bo'ldi!

Anvar, Toshkent

Talaba

Ikkita farzand bilan do'konma-do'kon yurishga vaqt ham, toqat ham yo'q. Save.uz men uchun haqiqiy najot bo'ldi. Uydan chiqmasdan turib, ro'zg'or uchun kerakli hamma narsani qaysi do'kondan eng arzon narxda olish mumkinligini bilib olaman.

Nigora, Samarqand

Yosh ona

Ilgari Instagram orqali reklama qilardik, lekin u ancha qimmatga tushardi. Save.uz bizga ancha kam xarajat bilan to'g'ridan-to'g'ri maqsadli auditoriyamizga chiqish imkonini berdi. Yangi kolleksiyamiz haqidagi e'lonimizni ilovaga joylashtirganimizdan keyin do'konimizga keluvchilar soni sezilarli darajada oshdi.

Nargiza Sattarova, Toshkent

Kiyim-kechak butigi asoschisi ("Urban Style")

Biz katta supermarketlar bilan raqobat qilishga qiynalardik. Reklamaga pulimiz yetmasdi. Save.uz'ga qo'shilganimizdan keyin, birinchi haftadayoq o'z hududimizdan yangi mijozlar kela boshladi. Ular bizning aksiyalarimizni aynan ilova orqali topib kelishayotganini aytishdi. Bu biz uchun haqiqiy o'sish bo'ldi.

Abdurayim aka Vahobov

Kichik oziq-ovqat do'koni egasi ("Baraka Market")

Bizda har doim yaxshi chegirmalar bo'lardi, lekin bu haqda odamlarni xabardor qilish qiyin edi. Save.uz platformasi bizning aksiyalarimizni to'g'ridan-to'g'ri o'zining minglab foydalanuvchilariga ko'rsatdi. Natijada, omborda turib qolgan tovarlar ham tezda sotildi. Hamkorlikdan juda mamnunmiz.

Texno Olam

Maishiy texnika do'koni menejeri

Aqlli xaridlar olamiga qo'shilishga tayyormisiz?

Save.uz ilovasini hoziroq yuklab oling va tejashni bugundan boshlang. Agar siz biznes egasi bo'lsangiz, biz bilan bog'laning va yangi mijozlar oqimini yo'lga qo'ying!

Ilovani yuklab olish
Bizning jamoa

Bizning jamoa

Bizning muvaffaqiyatimiz — o'z ishiga ishtiyoq bilan yondashadigan kuchli jamoamizdir.

Khakim Almamedov

Bosh Texnik Direktor (CTO)

Jasur Tolibov

Bosh Ijrochi Direktor (CEO)

Aznavur Narzullayev

Sotuv bo'limi rahbari (CSM)

Temur Malikov

Bosh Sotuv Menejeri (CSM)

Muhriddin Ibragimov

Tahlil bo'limi rahbari (CAO)

Muhriddin Baxriddinov

Moliya bo'limi rahbari (CFO)
Bog'lanish

Bog'lanish

Savollaringiz bormi yoki hamkorlik taklif qilmoqchimisiz? Biz bilan bog'laning, har bir murojaatni mamnuniyat bilan ko'rib chiqamiz.

Loading
Your message has been sent. Thank you!